Kulgu hayotni uzaytiradi

Yangiliklar

"Menga esa sen kerak" filmi saytimizdan o'rin oldi
Sana: 18.02.2017
Mana bir muddatlik kichik tanaffusdan so'ng, saytimizga yana bir yangi film joylashtirildi. 2006-yil "Vedrus" studiyasi tomonidan suratga olingan "Menga esa sen kerak" kinofilmini endilikda bemalol saytimiz orqali ko'chirib olishingiz va tomosha qilishingiz mumkin. Yoqimli tomosha azizlar!!!
Navbatdagi film: "Po'sht arava"!!!
Sana: 28.01.2017
Saytimizning "Video" sahifasidan yana bir film o'rin oldi. Obid Asomov bosh rolda suratga tushgan mazkur kinokomediyani kutganlar bormidi? Unday bo'lsa, marhamat, mazza qilib filmni tomosha qilishingiz mumkin.
1997-yilgi "Qovun tushdi" konserti videosi saytimizda!
Sana: 10.01.2017
1997-yili "Xalqlar Do'stligi" (hozirgi "Istiqlol") san'at saroyida Obid Asomov boshchiligidagi qiziqchilar jamoasi taqdim etgan "Qovun tushdi" konsert dasturining videosini sizlarning hukmingizga havola qilmoqdamiz. Saytimizning "Video" sahifasi orqali ushbu videoni tomosha qilishingiz va ko'chirib olishingiz mumkin.
1 | 2 | 3 | > | >>